Joriy yilning 13 dekabr kuni Buxoro viloyati Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi tomonidan Bosh Qomusimiz va “Tabiatni muhofaza qilish to‘g‘risida”gi qonun qabul qilinganligining 29 yillik munosabati bilan davra suhbati o‘tkazildi.
Davra suhbati so‘nggida yil davomida faoliyat ko‘rsatgan fidoyi, malakali, soha rivojiga munosib hissa qo‘shgan 10 nafar xodim O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasining tashakkurnomasi bilan taqdirlandi.
Davlat ekologiya qo‘mitasi
Matbuot xizmati