Qashqadaryo viloyati. O‘simlik dunyosiga 99 mln so‘m zarar yetkazildi
15.
12. 2021
11:42
4645
Econadzor

Qashqadaryo viloyati Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi Dehqonobod tuman tuman nazorat inspektsiyasi inspektorlari tomonidan Dehqonobod Davlat o‘rmon xo‘jaligi Sarg‘ayota o‘rmon bo‘limining 1-sarhadida ekologik nazorat reyd o‘tkazildi.

Ekologik nazorat reyd davomida ushbu hududda tabiiy holda o‘sgan Zarafshon archasining 78 tupi tag qismidan kesilganligi va 114 tupi o‘sishdan to‘xtamaydigan darajada shikastlantirilganligi aniqlandi.

Holatni o‘rganish jarayonida tabiatga 99 mln 954 ming so‘m zarar yetkazilganlini aniqlandi.

Ushbu zararni undirib olish uchun tegishli tartibda hujjatlar rasmiylashtirilib, huquqni muhofaza qilish organlariga taqdim etildi.

 

 

Davlat ekologiya qo‘mitasi
Matbuot xizmati

 


 

Useful resources