O‘zbekiston florasining noyob vakili Xalqaro Qizil ro‘yxatga kiritildi
18.
12. 2021
12:42
4796
Econadzor

Buxoro molusellasi dunyo bo‘yicha faqatgina Surxondaryo viloyatining Boysun tumani hududida o‘sishi aytilmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Botanika instituti olimlari O‘zbekiston florasining noyob vakili Moluccella bucharica (B. Fedtsch.) Ryding relikt va endemik turini Turlarni muhofaza qilish xalqaro ittifoqining (IUCN) Qizil ro‘yxatiga “butunlay yo‘q bo‘lib ketish arafasida” (“critically endangered”) maqomi ostida kiritgan.

Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi xabar bermoqda.

Ta’kidlash joizki, ushbu ish o‘zbekistonlik botanik olimlar tomonidan kamyob turlarni xalqaro qizil ro‘yxatga kiritilishi bo‘yicha dastlabki natija hisoblanadi, deyiladi xabarda.

Buxoro molusellasi dunyo bo‘yicha faqatgina Surxondaryo viloyatining Boysun tumani hududida o‘sishi aytilmoqda.

Xabarda aytilishicha, yarim asr davomida tur populyatsiyasi 79 foizga qisqarib ketgan. Bugungi kunda ushbu kamyob turning tabiatdagi umumiy soni 600 ga ham yetmaydi.

Olimlarning ta’kidlashicha, tur populyatsiyasining qisqarib ketishida kuchli antropogen ta’sir va ekologiyaning keskin o‘zgarib borayotganligi sabab bo‘lmoqda.


BAShORAT OTAJONOVA,
«Yangi O‘zbekiston» va «Pravda Vostoka»
gazetalari tahririyati»

Manba: https://yuz.uz/news/ozbekiston-florasining-...

 

 

Davlat ekologiya qo‘mitasi
Matbuot xizmati

 


 

Useful resources