«Jayron» pitomnigida tashrif markazi barpo qilindi
18.
12. 2021
15:55
4820
Event

Buxoro ixtisoslashtirilgan «Jayron» pitomnigining ekoturizm salohiyatidan unumli foydalanish maqsadida zamonaviy infratuzilma yaratish uchun Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va chiqindilar bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirish jamg‘armasidan ajratilgan 4,5 mlrd ga yaqin mablag‘ evaziga 20 o‘rinli tashrif markazi tashkil etildi. Uch qavatdan iborat mazkur bino qurilishi Davlat ekologiya qo‘mitasi mutasaddilarining doimiy nazoratida qisqa muddatda yakunlandi.

Tashrif markazi konferentsiyalar zali, ochiq muzey burchagi, laboratoriya, ov qurollarini saqlashga mo‘ljallangan maxsus joylar, bilyard zali va har biri 2 kishiga mo‘ljallangan 10 ta shinam xonalar, shuningdek, 40 o‘rinli yozgi oshxonadan iborat.

Markaz maxsus mebel va kerakli jihozlar bilan to‘liq ta’minlanib, qish-yoz tizimida ishlaydigan konditsionerlar o‘rnatildi. Bundan tashqari, bino atrofi obodonlashtirilib, tungi yoritish chiroqlari qo‘yildi.

Tashrif markazining ochilish marosimida Davlat ekologiya qo‘mitasi raisi o‘rinbosari J. Kazbekov, Bioxilmaxillik va muhofaza etiladigan tabiiy hududlar bosh boshqarmasi boshlig‘i A. Sadikov, Buxoro viloyati Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi boshlig‘i vazifasini bajaruvchi K. Qo‘ziev va jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.

 

 

Davlat ekologiya qo‘mitasi
Matbuot xizmati

 


 

Useful resources