Tayinlov. Samarqand viloyati Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi
30.
12. 2021
13:44
4156
News

Davlat ekologiya qo‘mitasining 2021 yil 20 dekabrdagi buyrug‘i bilan Mirzaev Axmad Alimxonovich Samarqand viloyati Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi Samarqand viloyati Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasidagi nazorat bo‘yicha inspektsiya boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.

Mirzaev Axmad O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 3 oktyabrdagi PQ-5843-son Qaroriga muvofiq Davlat xizmatini rivojlantirish Agentligi bilan o‘tkazilgan ochiq mustaqil tanlov g‘olibi.

Mirzaev Axmad Alimxonovich 1988 yilda Samarqand viloyatida tug‘ilgan. 2012 yilda Samarqand davlat universitetini Yurisprudentsiya yo‘nalishi bo‘yicha tamomlagan.

Bugungi kunga qadar u O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Samarqand viloyati kengashi “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash” bo‘yicha bosh mutaxassis lavozimida mehnat faoliyatini olib borgan.

 

 

Davlat ekologiya qo‘mitasi
Matbuot xizmati

 


 

Useful resources