KPI tizimini tatbiq etishning istiqbollari
07.
01. 2022
13:31
4869
Event

Bugun 7 yanvar kuni bo‘yicha Davlat ekologiya qo‘mitasi faoliyati hamda xodimlarning samaradorligini baholashda KPI tizimini tatbiq etish masalalariga bag‘ishlangan seminar-trening bo‘lib o‘tdi.

Mazkur tadbirda Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi tomonidan kelgan mutaxassislar samaradorlikning muhim ko‘rsatgichlari KPI (Key Performance Indicators) tizimini tashkilotlarda, xususan, Davlat ekologiya qo‘mitasi tizimida tatbiq etishning afzalliklari haqida so‘z yuritdilar.

Ta’kidlanganidek, KPI tizimi - samaradorlikning muhim ko‘rsatkichi maqsadlarga erishishga yordam beruvchi ko‘rsatkichlarni shakllantirishga qaratilgan tashkilotlarning baholash metodikasi.

KPI tizimida korxona menejmenti va xodimlari faoliyati sonlar orqali o‘lchanadi. Indikatorlar bo‘yicha hisobot tayyorlangach, rejalashtirilgan maqsadga qanchalik darajada erishilgani, rejalar qay darajada aniq va to‘g‘ri qo‘yilganini baholash mumkin. KPI natijasi strategik va taktik maqsadlarga tuzatishlar kiritishga ko‘mak beradi

Davlat ekologiya qo‘mitasi

Davlat ekologiya qo‘mitasi

Davlat ekologiya qo‘mitasi

 

 

 

Davlat ekologiya qo‘mitasi
Matbuot xizmati

 


 

Useful resources