Toshkent viloyati. Davlat ekologiya qo‘mitasi raisi chiqindi poligonlari holati bilan tanishdi
23.
01. 2022
12:54
4718
Econadzor

Davlat ekologiya qo‘mitasi raisi N. Oblomuradov «ZANGIOTA OBODON» MChJ tomonidan Toshkent viloyati Toshkent tumani «Oqtom» MFYda qurib ishga tushirilgan chiqindilarni saralash zavodi va u yerdagi maishiy chiqindi poligoni holati bilan tanishdi.

Mazkur hududda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Maishiy va qurilish chiqindilari bilan bog‘liq ishlarni boshqarish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qaroriga asosan amalga oshirilayotgan maishiy chiqindilarni kompleks boshqarish klasterini tashkil etish loyihasi doirasida «ZANGIOTA OBODON» MChJ klasteri tomonidan 2020 yilda chiqindilarni saralash zavodi qurib ishga tushirilgan.

Ushbu saralash zavodining yillik ishlab chiqarish quvvati 300 tonnani tashkil etadi. Tashrif chog‘ida zavodning faoliyatini yanada takomillashtirish yuzasidan lozim bo‘lgan jihatlar belgilab berildi.

Davlat ekologiya qo‘mitasi

Davlat ekologiya qo‘mitasi

Davlat ekologiya qo‘mitasi raisi N. Oblomuradov mazkur hududdagi chiqindi poligonini ham ko‘zdan kechirdi.

«ZANGIOTA OBODON» MChJga qarashli bo‘lgan maishiy chiqindi poligonining umumiy maydoni 10 gektarni tashkil etadi. Bugungi kunda ushbu poligonda 43 120 tonna maishiy chiqindi utilizatsiya qilingan.

Mazkur poligon Qozog‘iston Respublikasi bilan chegaradosh hududda joylashganligi sababli, poligon faoliyatini to‘xtatish vazifasi qo‘yilgan.

Shu sababli, «ZANGIOTA OBODON» MChJ tomonidan sanitar xizmat ko‘rsatilayotgan hududdagi aholi va yuridik tashkilotlardan hosil bo‘ladigan maishiy chiqindilarni joylashtirish uchun yangi poligon tashkil etish maqsadida, Qibray tumani «May» qishlog‘i hududidagi uchastka qo‘mita raisi ishtirokida ko‘zdan kechirildi.

Maydoni 10 gektar bo‘lgan ushbu hudud maishiy chiqindi poligonini tashkil etish talablariga mos ekanligi aniqlandi. Tashrif chog‘ida tanlangan yer maydonida yangi chiqindi poligoni tashkil etish yuzasidan ko‘rsatmalar berildi.

 

 

Davlat ekologiya qo‘mitasi
Matbuot xizmati

 


 

Useful resources