Noqonuniy baliq ovlovchilar «qarmoqqa ilindi»
31.
01. 2022
20:44
3719
News

Ayni kunlarda yurtimizda qish mavsumi hukm surmoqda. Bu vaqtda ayrim qo‘shtirnoq ichidagi ovchilar imkoniyat topildi deguncha, o‘z manfaati yo‘lida paytdan foydalanib, yurtimiz fauna va flora olamiga zarar yetkazishayotgani amaliyotda ko‘p uchramoqda.

— Aydar-Arnasoy ko‘llar tizimidagi 1-nazorat punkti inspektorlari tomonidan o‘tkazilgan reyd tadbirida noyob «Oqsila» baliqlarini noqonuniy ovlab, O‘zbekiston Respublikasining «Hayvonot dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish to‘g‘risida»gi Qonunining tegishli moddalari talablarini buzgan fuqaro ma’muriy javobgarlikka tortildi, — deydi Jizzax viloyat ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi axborot xizmati rahbari Zamira Abdullaeva. — Natijada fuqaro MJtKning 90-moddasi, 1-qismiga asosan 1 million 350 ming so‘m jarima to‘laydigan bo‘ldi.

Jizzax viloyat ichki ishlar boshqarmasidan olingan ma’lumotlarga ko‘ra, «Aydar-Arnasoy» ko‘llar tizimiga tutash bo‘lgan Forish, Zafarobod, Arnasoy va Mirzacho‘l tumanlarida olib borilgan tadbirlar natijasida noqonuniy ov bilan shug‘ullanayotganlardan o‘tgan yil va joriy yilning shu kuniga qadar 1 ming 91 kilogramm baliq, 43 ta qayiq, 6 ta mototransport vositasi, 73 ta to‘r va qarmoqlar hujjatlashtirilgan va 12 ta avtotransport vositalari jarima maydonlariga qo‘yilgan.


Tolibjon Ergashev, «Xalq so‘zi»

Manba: https://xs.uz/uzkr/post/noqonunij-baliq-...

 

Davlat ekologiya qo‘mitasi
Matbuot xizmati

 


 

Useful resources