2 fevral – Suvli-botqoqli hududlar kuni
02.
02. 2022
09:25
4632
Event

1971 yil 2 fevral kuni Eronning Ramsar shahrida Xalqaro ahamiyatga ega, asosan suvda suzuvchi qushlarning yashash makoni bo‘lgan suvli-botqoqli hududlar to‘g‘risidagi Konventsiya imzolandi. Hujjat imzolangan kun, ya’ni 2 fevral Jahon suvli-botqoqli hududlar kuni (World Wetlands Day – WWD) sifatida keng nishonlanadi.

2022 yilda kun mavzusi: Inson va tabiat uchun suvli-botqoqli hududlarni muhofaza qilishga oid harakatlar (Wetlands Action for People and Nature).

Bugungi kunda 172 ta mamlakat Ramsar konventsiyasi tomonlari hisoblanadi. Xalqaro ahamiyatga ega suvli-botqoqli hududlar ro‘yxatiga umumiy maydoni 255 million gektar bo‘lgan 2435 ta suvli-botqoqli komplekslar kiradi.

O‘zbekiston Respublikasi mazkur konventsiyaga 2002 yilda a’zo bo‘lgan. Mamlakatimiz hududida joylashgan Dengizko‘l, Aydar-Arnasoy ko‘llar tizimi hamda Quyimozor va To‘dako‘l Ramsar konventsiyasi ro‘yxatiga kiritilgan.

 

 

Davlat ekologiya qo‘mitasi
Matbuot xizmati

 


 

Useful resources