Uychidagi ming yoshli tut va bir yarim asr avval ekilgan chinorlar tabiatsevarlar ardog‘ida
15.
02. 2022
21:07
3845
News

Odatda umrboqiy daraxtlar sanog‘ida dastavval chinorni tilga olamiz. Amalda esa uzoq yashashda undan qolishmaydiganlari ham ko‘p ekan. Namangan viloyati Uychi tumanining Boyag‘on mahallasidagi qabriston hududida savlat to‘kib turgan Samarqand tuti bunga misol. Avlodlar osha o‘tib kelgan ma’lumotlarga qaraganda, uning yoshi o‘n asrdanda ziyod. «Mo‘ysafid» daraxtni uzoq yillik tarixga ega qishloqqa nomi berilgan Boyag‘on ismli kishi o‘tqazgan, deyishadi. Keksayu yosh ardog‘idagi tut pishiqchilik mavsumi kelishi bilan bolajonlarni o‘zining totli mevasi bilan siylaydi.

Fayziobod mahallasida yashnab turgan to‘rt chinorni ham mahalliy aholi ko‘z qorachig‘iday asrab kelmoqda. Yozuvlarda ular 1870-1880 yillarda ekilgani aksini topgan.

— Qahramon mahallasidagi bir yarim asrdan buyon yashab kelayotgan ikki tup chinor ham ota-bobolarimizdan yodgorlik, — deydi Uychi tuman ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish bo‘limi rahbari Sherzod Umrzoqov. — Ularning barchasi maxsus ro‘yxatga kiritilib, parvarishi qat’iy nazoratga olingan.


Qudratilla NAJMIDDINOV, «Xalq so‘zi»

Manba: https://xs.uz/uzkr/post/ujchidagi-ming-yoshli...

 

Davlat ekologiya qo‘mitasi
Matbuot xizmati

 


 

Useful resources