Navoiy viloyati. Ko‘rgazmali o‘quv-seminar tashkil etildi
24.
02. 2022
20:05
5661
Event

«Yashil yillik» tadbiri doirasida tashkil etilgan ushbu seminarni viloyat hokimi o‘rinbosari S. Istamov kirish so‘zi bilan ochdi. Seminarda viloyat Ekologiya boshqarmasi xodimlari, mahalla faollari, yosh ekologlar, nuroniy otaxonlar, O‘zbekiston Ekologik partiya vakillari hamda institut olimlari ishtirok etdi.

Seminarda ko‘chat ekish jarayonlari qanday tartibda olib borilishi, Navoiy viloyati hududiga hamda iqlimiga mos holda ko‘chatlarini tanlash va ekish lozimligi yuzasidan tushunchalar berildi. Shundan so‘ng seminar amaliy tarzda davom etdi.

Navoiy viloyati

Navoiy viloyati

Navoiy viloyati

Navoiy viloyati

Seminar ishtirokchilari «Cho‘l hududlarida o‘rmonchilikni rivojlantirish ilmiy markazi»da Navoiy viloyatida o‘rmon fondi yerlarining holatini yaxshilash, qayta tiklash, cho‘l hududlarida samarasiz foydalanilayotgan yer maydonlaridan unumli foydalanish, yaylovlarni asrash, pista, bodom plantatsiyalarini barpo etish, dorivor o‘simliklarni yetishtirishni ko‘paytirish, ixota o‘rmonzorlarini barpo etishda innovatsion usullarni qo‘llash, cho‘l hududlari xususiyatlarini tadqiq qilish, cho‘lda o‘rmon barpo etish hamda ko‘chat yetishtirish borasida olib borilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishdilar.

Shundan so‘ng amaliy bir tarzda ko‘chat ekish ishlari olib borildi. Unda mutaxassislar va ko‘p yillik bog‘bonlar nimalarga e’tibor qaratishi lozimligi haqida o‘z tajriblarini o‘rtoqlashdilar.

Navoiy viloyati

Navoiy viloyati

Navoiy viloyati

Navoiy viloyati

 

 

Davlat ekologiya qo‘mitasi
Matbuot xizmati

 


 

Useful resources