Atrof-muhit sohasidagi imkoniyatlar va muammolar
03.
03. 2022
11:47
12368
Event

Davlat ekologiya qo‘mitasi raisi N. Oblomuradov Yevropa Ittifoqining Markaziy Osiyo bo‘yicha maxsus vakili Teri Xakala xonim boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi.

Ochiq va konstruktiv muloqot ruhida o‘tgan uchrashuvda mintaqadagi ekologik tahdidlarni bartaraf etishda birgalikdagi sa’y-harakatlarni amalga oshirish, xususan, iqlim o‘zgarishi, suv resurslari va transchegaraviy hamkorlikning ahamiyati muhokama qilindi.

Shuningdek, uchrashuv davomida delegatsiya a’zolariga mamlakatimizda atrof-muhitni muhofaza qilish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar, xususan, Orolbo‘yida ekotizimlarini tiklash, «Yashil makon» umummilliy loyihasi bo‘yicha ma’lumot berildi. Ekologik sug‘urta sektorini rivojlantirish, yashil texnologiyalarni joriy etish va ekologik ofatlar bilan bog‘liq xavflarni boshqarish kabi masalalarda ham o‘zaro fikr almashildi.

Uchrashuv yakunida tomonlar pandemiyadan keyingi davrda atrof-muhit sohasida hamkorlikni yanada kengaytirishga kelishib olishdi.

Davlat ekologiya qo‘mitasi

Davlat ekologiya qo‘mitasi

Davlat ekologiya qo‘mitasi

Davlat ekologiya qo‘mitasi

Davlat ekologiya qo‘mitasi

Davlat ekologiya qo‘mitasi

 

 

Davlat ekologiya qo‘mitasi
Matbuot xizmati

 


 

Useful resources