Joriy yilning 10-yanvar kuni Tabiat resurslari vazirligi, Ichki ishlar vazirligi va Milliy gvardiya xodimlari tomonidan Toshkent shahrining “Yangihayot” blokmaskani (Surum) da bir bosh Yevropa kiyigi (Yevropeyskaya lan - Dama (Cervus) dama)ni fuqaro X.J. o‘z avtotransport vositasida tegishli hujjatlarsiz olib ketayotganligi aniqlandi.
Surishtiruv davomida Yevropa kiyigining egasi ekanligini vaj qilgan fuqaro B.L. va uning sherigi bo‘lgan X.J. voqea joyida tegishli hujjatlarni taqdim eta olmagan.
Shu sababli, ushbu holatga aniqlik kiritilgunga qadar Yevropa kiyigi vaqtinchalik saqlash uchun Toshkent hayvonot bog‘iga topshirildi.
Maʼlumot o‘rnida aytish o‘rinliki, mazkur tur Cites Konvensiyasining I Ilovasiga kiritilgan.
Citesning I Ilovasi yo‘qolib ketish xavfi ostida bo‘lgan hayvonlar va o‘simliklar turlarini o‘z ichiga qamrab oladi.
Ushbu turlarni tijorat maqsadida eksport, reeksport va import qilish taqiqlanadi. I Ilovadagi namunalarni chet elga olib chiqish uchun Citesning ham eksport, ham import ruxsati olinishi talab etiladi.
Ushbu holat yuzasidan qo‘shimcha maʼlumot berilishini maʼlum qilamiz.
Tabiat resurslari vazirligi matbuot xizmati