Integratsiya qilish masalasi muhokama etildi
13.
01. 2023
20:26
2590
News

 Bugun Tabiat resurslari vazirligida Ichki Ishlar  va  Raqamli texnologiyalar vazirliklari xodimlari ishtirokida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 22-avgustdagi  “2022-2023-yillarda axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasini yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”  PQ-357-son  qarori asosida ishga tushirlgan “Ekonazorat” axborot tizimini  yanada takomillashtirish masalalari muhokamasiga bagʻishlangan  uchrashuv oʻtkazildi.

Uchrashuvda “Ekonazorat” axborot tizimini Ichki ishlar vazirligining Maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisida yagona elektron ish yurituv tizimi bilan oʻzaro integratsiya qilish, oʻzaro maʼlumot almashinuvini yoʻlga qoʻyish va boshqa ustuvor vazifalar ijrosini hamkorlikda samarali tashkil etish masalalari koʻrib chiqildi.

Uchrashuvda tomonlar tizim faoliyatini  samarali yoʻlga qoʻyish va mavjud muammolarni bartaraf etishda hamkorlik aloqalarini yanada kuchaytirishga kelishib olishdi.

Tabiat resusrlari vaziligi matbuot xizmati

Useful resources