Tabiat resurslari vaziri Aziz Abduxakimov BMT  tizimidagi tashkilotlar (UNECE, UNEP, FAO) vakillarini qabul qildi
02.
02. 2023
09:51
2762
News

Uchrashuvda Tabiat resurslari vazirligi hamda BMT tizimidagi tashkilotlar bilan hamkorlik aloqalarini yanada kengaytirish, shuningdek, amalga oshirilayotgan va kelgusidagi samarali loyihalar muhokama qilindi.

Uchrashuv davomida ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish, xususan, atmosfera havosining ifloslanishi, chiqindilarni boshqarish, yer degradatsiyasi hamda suv  ifloslanishining oldini olish kabi  muammolarni bartaraf etishda hamkorlikda amalga oshiriladigan ishlarni yanada kuchaytirish, bu borada mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish masalalari muhokama qilindi.

Shuningdek, yashil iqtisodiyotga bosqichma-bosqich o‘tish, bu borada ilg‘or xorijiy tajribalardan samarali foydalanish, Tabiat resurslari vazirligi negizida ekota’lim va madaniyatni joriy etish, ushbu masalalarni amalga oshirishda  xorijiy expert va professorlarni jalb qilish muhimligi qayd etildi.

Uchrashuvda joriy yilning oktabr oyida Samarqand shahrida o‘tkazilishi rejalashtirilayotgan Yovvoyi hayvonlarning ko‘chib yuruvchi turlarini saqlab qolishga doir Konvensiyasi (CMS)ning 14-Tomonlar (COP-14) konferensiyasiga ishtirok etish uchun mehmonlar taklif etildi va ushbu anjumanni hamkorlikda o‘tkazishga kelishib olindi.

Tabiat resurslari vazirligi matbuot xizmati

Useful resources