2-fevral — Butunjahon suvli-botqoqli yerlar kuni 
02.
02. 2023
19:46
3141
News

1971-yil 2-fevral kuni Eronning Ramsar shahrida Xalqaro ahamiyatga ega, asosan suvda suzuvchi qushlarning yashash makoni bo‘lgan suvli-botqoqli hududlar to‘g‘risidagi Konvensiya imzolandi. Hujjat imzolangan kun, yaʼni 2-fevral Butunjahon suvli-botqoqli hududlar kuni (World Wetlands Day – WWD) sifatida keng nishonlanadi.

Ramsar Konvensiyasining asosiy maqsadi butun dunyo bo‘ylab barqaror rivojlanishga erishish vositasi sifatida suv-botqoq hududlarini muhofaza qilish va ulardan oqilona foydalanish hisoblanadi.

Maʼlumotlarga ko‘ra, bugungi kunda 170 dan ziyod mamlakat Ramsar konvensiyasi tomonlari hisoblanadi. Xalqaro ahamiyatga ega suvli-botqoqli hududlar ro‘yxatiga umumiy maydoni 255 million gektar bo‘lgan 2435 ta suvli-botqoqli komplekslar kiradi.

O‘zbekiston Respublikasi mazkur konvensiyaga 2001-yilda qo‘shilgan. Mamlakatimiz hududida joylashgan Dengizko‘l, Aydar-Arnasoy ko‘llar tizimi hamda Quyimozor va To‘dako‘l Ramsar konvensiyasi ro‘yxatiga kiritilgan.

Tabiat resurslari vazirligi matbuot xizmati

Useful resources