Korrupsiya – jamiyat taraqqiyoti kushandasi
03.
02. 2023
11:49
4101
Korrupsiyaga qarshi olib borilayotgan amaliy tadbirlar

Korrupsiya davlatning siyosiy jarayonlarida uning har tomonlama iqtisodiy, siyosiy va uning ijtimoiy muammolarida turli koʻrinishlari va shakllarida namoyon buladi.

Bugun Namangan viloyat Ekologiya boshqarmasida korrupsiyani oldini olish va unga qarshi kurashish boʻyicha Viloyat Ekologiya boshqarmasi inspektorlari, ekologik ekspertiza xodimlari ishtirokida yigʻilish oʻtkazildi.

Unda Davlat ekologiya qoʻmitasi Korrupsiyaga qarshi kurashish va komplayens nazorat boʻlimi boshligi B.Urunov ishtirok etib, korrupsiya – ildizlari davlat xizmatini tashkil etishdagi nuqsonlarga va davlat xizmatchilarining oʻziga xos psixologiyasiga borib taqalishi, bunga qarshi avvalo maʼmuriy-huquqiy va tashkiliy-boshqaruv chora-tadbirlari koʻrilishi zarurligini taʼkidladi.

Bundan tashqari korrupsiya fuqaroning davlat vakili bilan maʼmuriy munosabatlari maʼno-mohiyatini oʻzgartiradi va jamiyat uchun ham, davlat uchun ham salbiy oqibatlarni keltirib chiqarishi tushuntirib oʻtildi.

Yigʻilish soʻngida xodimlarga jamiyatda korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabat qaror toptirish oʻta dolzarb masala boʻlib, garchi uni bajarish doirasida masʼul idoralar belgilangan boʻlsa-da, uning toʻlaqonli roʻyobga chiqishi uchun har bir fuqaro oʻzida masʼuliyat his etish kerakligi uqtirildi.

Namangan viloyat Ekologiya boshqarmasi matbuot xizmati

Useful resources