Mazkur murojaat Tabiat resurslari vazirligi Surxondaryo viloyati boshqarmasi hamda viloyat Milliy gvardiya boshqarmasi xodimlaridan tuzilgan ishchi guruh tomonidan tegishli tartibda o‘rganildi.
Akademik Mahmud Mirzayev nomidagi Bog‘dorchilik, uzumchilik va vinochilik ilmiy-tadqiqot instituti tizimidagi “Bandixon ilmiy-tajriba stansiyasi” hududi ko‘zdan kechirilganda 4 tup o‘suvchanligini yo‘qotmagan katta yoshli chinor daraxtlari noqonuniy ravishda tag qismi bilan kesib ketilganligi aniqlandi.
“Bandixon ilmiy-tajriba stansiyasi” xo‘jaligi mutasaddilarining o‘z ishiga ma’suliyatsizlik bilan yondashishi natijasida O‘zbekiston Respublikasining “O‘simlik dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish to‘g‘risida”gi Qonuning 37-moddasi talablari buzilib, 216 000 000 (ikki yuz o‘n olti million)so‘m miqdorda o‘simlik dunyosiga zarar yetkazilgan.
Holat yuzasidan to‘plangan hujjatlar huquqiy baho berish uchun huquqni muhofaza qilish organlariga taqdim qilindi.
Tabiat resurslari vazirligi Surxondaryo viloyati boshqarmasi matbuot xizmati