Hilol kakliklari 
28.
02. 2023
16:03
2511
News

Hilol kakliklari qirg‘ovullar oilasiga mansub qush bo'lib, dengiz sathidan 1800 dan 4000 metr balandlikdagi qorli qoyalar va oʻrmonzorlar orasidagi togʻlarning baland joylarida yashaydi.

Yozda yerga qurilgan uyalarida  5-7 tuxum qoʻyadi, tuxumdan ochilish davri 24-25 kunni tashkil etib, turli oʻsimliklarining vegetativ qismlari, oʻt urugʻlari bilan oziqlanadi.

Erkaklarining vazni taxminan 3 kg ni tashkil qiladi. Erkak va urg'ochining patlari o'xshash - gil-kulrang, mayda qora dog'lar bilan, yon tomonlari va bo'yni kashtan chiziqlari bilan qoplangan.

Tabiat resurslari vazirligi tasarrufidagi  «Chotqol» davlat biosfera qoʼriqxonasi va Hisor davlat qo'riqxosai hududlarida ko'proq uchraydi.

Rasmlar Tabiat resurslari vazirligi tasarrufidagi «Chotqol» davlat biosfera qoʼriqxonasi ilmiy boʼlimi xodimlari tomonidan oʼrnatilgan fotoqopqonlarda olingan.

Useful resources