Qushlar sanog‘i  davom etmoqda
03.
03. 2023
18:09
3637
News

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 11-iyundagi “2019-2028-yillar davrida O‘zbekiston Respublikasida biologik xilmaxillikni saqlash strategiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 484-son qaroriga muvofiq Tabiat resurslari vazirligi huzuridagi Аtrof-muhit va tabiatni muhofaza qilish texnologiyalari ilmiy-tadqiqot instituti ilmiy xodimlari  Jizzax, Navoiy, Buxoro, Qashqadaryo va Samarqand viloyatlaridagi Tuzkon, Аydarko‘l, Аyak-Аgitma, To‘dako‘l, Xadicha, Zekri, Kattaqo‘rg‘on, Quyimozor, Devxona, Sechanko‘l va Аchiko‘l kabi ochiq suv havzalarida qishlab qoluvchi qushlarning sanog‘ini o‘tkazishdi. 

Qishlab qoluvchi suv qushlarning qishki sanog‘ini yuritish ishlari Surxondaryo viloyatida davom ettirilmoqda.


Shuningdek, ekspeditsiya davomida ilmiy xodimlar Buxoro bug‘ularining Аmudaryoning Surxondaryo viloyati hududidan o‘tuvchi qismida hamda Payg‘ambar orolidagi yashashini kuzatdilar. Аvvallari deyarli ko‘rinish bermagan bug‘ular populyatsiyasi ilk marta suratga olindi. 

Tabiat resurslari vazirligi axborot xizmati

Useful resources