“Yashil makon” umumilliy loyihasi doirasida Termiz va Angor tumanlari tutashgan “Kattaqum” massivida saksovul ko‘chatlari hamda urug‘larini ekish ishlari boshlandi. 
17.
03. 2023
09:34
2940
News

Shu munosabat bilan tashkil etilgan tadbirda  Tabiat resurslari vaziri o‘rinbosari N. Oblomuradov, Surxondaryo viloyati hokimi U. Qosimov Prezidentimizning joriy yil 13-mart kuni Surxondaryo viloyatiga tashrifi davomida choʻl zonalarida qum boʻronlari va chang-toʻzonlari koʻtarilishining oldini olish maqsadida saksovulzorlar tashkil etish boʻyicha belgilab bergan vazifalarining ahamiyati juda katta ekanini taʼkidladilar.

Aytish o'rinliki, Tabiat resurslari vazirligi viloyat boshqarmasi hamda viloyat hokimligi tashabbusi bilan  vohada  1,5 ming gektarda saksovulzorlar barpo etish maqsadida Qoraqalpog‘iston Respublikasidan 100 ming tup saksovul ko‘chatlari va 15 tonna saksovul urug‘i keltirilgan.

Ko‘chat ekish tadbiridan avval  ilmiy-amaliy seminar tashkil etilib, unda mutaxassislar, tajribali bog‘bonlar, o‘rmonchilar tomonidan  saksovul ko‘chatining ahamiyati, ekish talablari haqida ma’lumlotlar berildi. 

Keng jamoatchilik vakillari ishtirok etgan ushbu xayrli tadbirda 10 gektar yer maydoniga 12 mingdan ortiq  saksovul ko‘chatlari ekildi.

Viloyatda saksovul ekish tadbirlari davom etmoqda. 

Tabiat resurslari vazirligi Surxondaryo viloyati  boshqarmasi matbuot xizmati
 

Useful resources