15-aprelda respublika hududida, 16-aprelda Toshkent viloyati va Farg‘ona vodiysi viloyatlarida ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Ayrim joylarda do‘l yog‘ishi ehtimoli bor.
15–17-aprelda respublika hududi bo‘yicha ba’zi joylarda shamol tezligi 17-22 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zon kuzatilishi kutilmoqda. Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm, Buxoro, Navoiy, Farg‘ona viloyatlarida shamol 25-28 m/s gacha kuchayishi mumkin.
17-aprelda havo harorati kechasi 2–7 daraja iliq, kunduzi 10–15 daraja iliq bo‘ladi. 16–17-aprel kunlari Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm viloyati va Navoiy viloyati shimolida harorat 0–5 daraja iliq, ba’zi joylarda -1...-3 daraja sovuq bo‘lishi mumkin. Kunduz kunlari harorat 7-12 darajagacha isiydi.
15–17-aprel kunlari respublikaning tog‘oldi va tog‘li hududlarida yog‘ingarchilik (yomg‘ir yog‘adi, baland tog‘larda qorga aylanadi), sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin.
Tog‘oldi va tog‘li hududlarda yashovchi fuqarolar, dam oluvchilar va haydovchilardan ehtiyot choralariga rioya etishlarini so‘raymiz.