Namanganda noqonuniy ovning oldi olindi
19.
04. 2023
18:03
2869
News

Tabiat resurslari vazirligi Namangan viloyati boshqarmasi hamda Pop tuman inspeksiya bo‘limi inspektorlari tomonidan Mingbuloq va Pop tumanlarida noqonuniy ov qilishning oldini olish bo‘yicha nazorat reyd tadbiri o‘tkazildi.

Tadbir davomida Pop tumani Navbahor mahallasida farg‘onalik A.X. va B.X.lar o‘zlariga tegishli bo‘lgan ov quroli bilan noqonuniy ovga chiqqani aniqlandi.

Mazkur holat yuzasidan belgilangan tartibda hujjatlar rasmiylashtirilib, qonuniy chora ko‘rish uchun huquqni muhofaza qiluvchi idoralarga taqdim etildi.

Ma’lumot uchun, «Ov qilish va ovchilik xo‘jaliklari to‘g‘risida»gi qonunga ko‘ra, joriy yilning 28-fevralidan mamlakatimizda yovvoyi hayvonlarni va qushlarni ovlash uchun ov mavsumi yakunlangan va bu haqda ommaviy axborot vositalari orqali ogohlantirish berilgan.

Useful resources