O‘zbekistonda oʻlja olish maqsadida ov qilish qoidalari
26.
04. 2023
16:46
4810
News

O‘zbekiston Respublikasining 2020-yil 8-iyuldagi 627-sonli “Ov qilish va ovchilik xo‘jaligi to‘g‘risida”gi Qonuniga muvofiq, 20-moddada ovning 6 turi, shu jumladan oʻlja olish maqsadida ov qilish belgilangan.

Oʻlja olish maqsadida ov qilish — o‘lja (mo'yna, shox, pat, teri, bosh suyagi, tish, boshqa hayotiy organlar) olish maqsadida amalga oshiriladigan ov turlaridan biri bo'lib, ular ma'lum belgilarga ko'ra baholanadi.

Qonun hujjatlarida Oʻzbekiston Respublikasi Qizil kitobiga kiritilgan yovvoyi hayvonlarning noyob va yoʻqolib ketish xavfi ostida turgan turlarini tabiiy yashash muhitidan olib chiqishning alohida tartibi ham belgilab qoʻyilgan. Bunda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori asosida O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi xulosasini inobatga olgan holda, Tabiat resurslari vazirligi tomonidan beriladigan ruxsatnoma bo‘yicha maxsus tartibda yo‘l qo‘yiladi.

Yovvoyi hayvonlarni, shu jumladan O‘zbekiston Qizil kitobiga kiritilgan hayvonlarni ovlash uchun O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Zoologiya instituti xodimlari tomonidan o‘tkaziladigan o‘rganishlar asosida kvota belgilanadi. Bunda har bir turning holati va populyatsiyasi baholanadi.

Yo'qolib ketish xavfi ostida bo'lgan turlarga kvotalar qo'yilmaydi va ov qilish taqiqlanadi.

Biologik xilma-xillikdan oqilona foydalanishga zamonaviy yondashuvni tashkil etish maqsadida Vazirlar Mahkamasining qarori bilan reproduktiv ekologik maqsadlarga erishish va ov turizmini rivojlantirishga qaratilgan uzoq muddatli loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha belgilangan tartibda majburiyatlarni qabul qilgan holda, chet el fuqarolari tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Qizil kitobiga kiritilgan hayvonlarni ovlashni tashkil etish va o‘tkazish uchun mas’ul vakolatli shaxs belgilandi.

Oʻlja olish maqsadida ovni tashkil etish va oʻtkazish uchun olingan mablagʻlar yovvoyi hayvonlar populyatsiyasini muhofaza qilish, biotexnik tadbirlarni oʻtkazish va ijtimoiy ahamiyatga molik loyihalarni moliyalashtirish, shu jumladan yovvoyi hayvonlarning noyob turlarini koʻpaytirish boʻyicha pitomniklar qurish, mustaqil xalqaro ekspertlarni jalb qilish, yovvoyi hayvonlarni roʻyxatga olish uchun ajratiladi.

Xorijiy ovni o'tkazish tartibi talabiga binoan sizga quyidagilarni ma'lum qilamiz.

1. Yovvoyi hayvonlarni, shu jumladan Qizil kitobga kiritilgan hayvonlarni ovlash uchun 2022-yilgi tasdiqlangan kvotaga muvofiq Rossiya Federatsiyasi fuqarosi Mazurkevich S.L.ga Surxondaryo viloyatidagi ovchilik xo‘jaligi hududida morxo‘r echkisini ovlash uchun 2022-yil 23-noyabrda 000085-sonli ruxsatnoma berilgan. Ovchilik hududiy ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmalari inspeksiyasi nazorati ostida ov qilish uchun berilgan ruxsatnoma ro‘yxatga olinadi. Ov tugagach, viloyat ekologiya inspeksiyasi vakili tomonidan ovlangan hayvonga dalolatnoma tuziladi.

2. Yovvoyi hayvonlarni, shu jumladan O‘zbekiston Respublikasi Qizil kitobiga kiritilgan hayvonlarni ovlash narxlari “Ov qilish va ov xo‘jaligi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga 1-ilovada belgilangan.

3. Oʻlja olish maqsadida ov qilishda, asosan, qonun bilan taqiqlanmagan qurollardan (miltiq karabinlari va zamonaviy optikalar)dan foydalaniladi.

 

Useful resources