Chiqindi tashlagan fuqaro jarima to‘ladi
16.
05. 2023
15:49
2457
News

Tabiat resurslari vazirligi Toshkent viloyati boshqarmasi tomonidan noqonuniy chiqindi tashlash bilan bog'liq navbatdagi holat aniqlandi. Yuqori Chirchiq tumani hududida fuqaro T.S. o'z boshqaruvidagi, avtomobilda belgilanmagan hududga chiqindi tashlab ketgan. 

Mazkur holat yuzasidan huquqbuzarga nisbatan MJtKning 91-moddasi 1-qismi bilan 660000 so'm miqdorida jarima belgilandi. Huquqbuzar o‘zi to‘kgan chiqindini olib chiqib, belgilangan tartibda jarima to‘ladi. 

Unutmang! Atrof-muhit tozaligi uchun har birimiz mas'ulmiz.
 

Useful resources