Qizil kitobga kiritilgan qushlarning noqonuniy savdosi to'xtatildi
30.
05. 2023
11:12
2894
News

Tabiat resurslari vazirligining ekologik nazorat inspeksiyasi va tuman bo'limi xodimlari tomonidan navbatdagi reyd tadbiri o'tkazildi. 

Reyd davomida fuqaro A. T. Toshkent shahri, Yunusobod tumanida O'zbekiston Respublikasi Qizil kitobiga kiritilgan 2 dona laylak va 2 ta lochin qushi bolalarini noqonuniy sotmoqchi bo'lgani aniqlandi. 

Noqonuniy olib kelingan qush bolalari yosh va qarovga muhtoj bo'lganligi, tabiatda yashab keta olmasligi sababli Toshkent hayvonot bog'iga reabilitatsiya uchun belgilangan tartibda topshirildi.

Ta'kidlash joizki, bu kabi holatlarda MJtKning 92-moddasi 2-qismi bilan ma'muriy bayonnoma rasmiylashtiriladi. Bunday huquqbuzarlik ba'zaviy hisoblash miqdorining 10 barobari - 3 300 000 so'm jarimaga sabab bo'ladi.

Useful resources