Belgilanmagan joyga chiqindi tashlagan fuqaro 1 650 000 so‘m jarima to‘ladi
06.
06. 2023
16:14
2599
News

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi Dispetcherlik va onlayn monitoring markaziy boshqarmasi tomonidan o‘rnatilgan kuzatuv kameralari orqali Toshkent viloyatida noqonuniy chiqindi tashlash bilan bog‘liq yana bir huquqbuzarlik aniqlandi.

Vazirlikning Toshkent viloyati boshqarmasi tomonidan olib borilgan o‘rganish natijasida Yangiyo’l shahri, Yangibog‘ MFY hududida fuqaro H.J. tomonidan belgilanmagan joyga chiqindi tashlangani ma’lum bo‘ldi.

Holat yuzasidan huquqbuzarga nisbatan MJtKning  91-prim 1-moddasi 3-qismi bilan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirildi. Huquqbuzar 1 650 000 so‘m miqdorida jarimaga tortildi.

Unutmang! Atrof-muhit uchun barchamiz birdek mas'ulmiz.

Useful resources