Elektr energiyasidan tejamkorlik bilan foydalaning!
16.
06. 2023
12:27
1967
News

Bugungi kunda  kuzatilayotgan anomal issiq, mamlakat aholisi sonining shiddat bilan o‘sishi, ularning elektron qurilmalarga bo‘lgan ehtiyoji keskin oshishi natijasida O‘zbekistonda kunlik va soatlik elektr energiyasi isteʼmoli bo‘yicha rekord yangilandi. Buning natijasida esa baʼzi hududlarning elektr taʼminotida muammolar yuzaga kelib, tez-tez uzilish holatlari kuzatilmoqda.

Energetika vazirligi maʼlumotiga ko‘ra, 14-iyun kuni elektr energiyasiga bo‘lgan soatlik ehtiyoj hajmi   11 080 MVt’ni tashkil qilgan, bu 2022-yilning xuddi shu davriga nisbatan 15,4 foizga (1600 MVt) ko‘p demakdir. Bunday quvvat ko‘rsatkichi deyarli to‘rtta bug‘-gaz qurilmasi yoki ikkita “To‘raqo‘rg‘on” IESining quvvatiga teng.

Biz odatda kundalik tashvishlar bilan bo‘lib tabiiy resurslarni tejashga befarq qaraymiz, ular tuganmasdek tuyuladi go‘yo. Biroq har qanday isrofgarchilikning javobi bor va bu juda ayanchli oqibatlarga olib kelishi mumkin.

Shunday ekan, yurtdoshlarimizdan elektr energiyasidan tejamkorlik bilan foydalanishni, sovutish qurilmalari (konditsionerlar)ni ham oqilona qo‘llashni, zarurati bo‘lmagan holatlarda elektr qurilmalarini tarmoqdan ajratib qo‘yishni so‘raymiz!

Unutmang, tabiiy resurlardan oqilona foydalanish ularning isteʼmolchilarga va kelgusi avlodga barqaror yetib borishi yo‘lida xizmat qiladi! Oqilona isteʼmolni har birimiz o‘zimizdan boshlaylik va atrofimizdagilarni ham shunga chorlaylik.

Useful resources