Chiqindi bilan bog'liq huquqbuzarliklar uchun qat'iy javobgarlik belgilangan.
21.
06. 2023
12:13
2220
News

Xususan, belgilanmagan joylarga qattiq maishiy chiqindilarni va qurilish chiqindilarini tashlash, shuningdek, suyuq maishiy chiqindilarni toʻkish “Chiqindilar toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 13 va 14-moddalarini buzish hisoblanadi. 

Bu kabi huquqbuzarliklar bazaviy hisoblash miqdorining bir baravaridan uch baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa oʻn baravaridan yigirma baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.

Ta'kidlash joizki, bugungi kunda davlat ekologik nazoratini samarali oʻtkazish hamda sohada zamonaviy texnologiyalarni qoʻllash maqsadida Ekologiya vazirligi tomonidan joylarda  Face ID tizimida ishlovchi kameralar oʻrnatilmoqda.

Mazkur aqlli kameralar orqali joylarda huquqbuzarlik holatlari aniqlanib, huquqbuzarlarga belgilangan tartibda qonuniy choralar qoʻllanilmoqda.

Unutmang! 

Chiqindi bilan bogʻliq ishlarni amalga oshirayotganda belgilangan sanitariya normalari va qoidalariga rioya qilishingiz kerak. Shuningdek, chiqindilarni belgilangan chiqindi yigʻish punktlariga tashlashingiz yoki maishiy-roʻzgʻor chiqindilarini toʻplab olib ketish bilan shugʻullanuvchi korxonalar va tashkilotlarga topshirishingiz lozim.

Useful resources