O‘zbekistonda hayvonot bog‘ini boshqarishda Germaniya tajribasi joriy etiladi
13.
07. 2023
11:17
3151
News

30 yillik tajribaga ega germaniyalik mutaxassis O‘zbekistonda hayvonot bog‘ini boshqarish borasidagi tajribalari bilan o‘rtoqlashmoqdaHayvonot bog‘ini boshqarish bo‘yicha

30 yillik tajribaga ega taniqli nemis mutaxassisi Udo Nagel Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirining taklifiga binoan O‘zbekistonda bo‘lib turibdi. 

Ma’lumot uchun, U. Nagel 1992-yildan 2022-yilga qadar Yevropadagi eng yaxshi hayvonot bog'laridan biri – “Rostok” hayvonot bog‘i direktori sifatida faoliyat yuritgan.  “Rostok” uning rahbarligi davrida, ya’ni 2018-yilda o‘z toifasi bo‘yicha Yevropaning eng yaxshi hayvonot bog‘i deb tan olingan (1 million kishigacha). Bundan tashqari, hayvonot bog'i bir necha bor “Oilaviy dam olish uchun eng yaxshi joy” sifat belgisini olgan. “Rostok” hayvonot bog'ida dunyoning turli burchaklaridan 430 xil turdagi 4200 ta hayvonlar yashaydi. 
Udo Nagel 2021-yil 20-sentabrda “Rostok” universitetining faxriy professori unvonini olgan.

12-iyul kuni U.Nagel va Ekologiya vazirligi vakillari oʻrtasida uchrashuv tashkil etildi. Unda xalqaro ekspert faoliyati taqdimoti oʻtkazildi, shuningdek, Toshkent shahar hayvonot bogʻiga tashrifi yakunlari muhokama qilindi.

Tashrif doirasida, shuningdek, Farg‘ona va Termiz shahar bog‘lari boshqaruv tizimi, xizmat ko‘rsatish darajasi, infratuzilmasini o‘rganish, tavsiya va takliflar ishlab chiqish rejalashtirilgan. 

Ma’lumot uchun, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 31-maydagi PQ-171-son qaroriga asosan Toshkent, Fargʻona va Termiz shaharlari hayvonot bogʻlari Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya vazirligi tasarrufiga oʻtkazilgan.



Shuningdek, tashrif davomida Buxoro ixtisoslashtirilgan “Jeyron” bolalar bog‘chasi, “Zarafshon” milliy bog‘i, shuningdek, Toshkent viloyatidagi “Deer Hills” mas’uliyati cheklangan jamiyati faoliyati ham o‘rganiladi.

Udo Nagelning O‘zbekistonga tashrifi 21-iyulgacha davom etadi.

Useful resources