“Surxon” davlat qo‘riqxonasida yong‘inning oldini olish bo’yicha o’quv-amaliy seminar va taktik mashg’ulot o’tkazildi
19.
07. 2023
18:24
1927
News

Ekologiya vazirligi tasarrufidagi “Surxon” davlat qo’riqxonasida Surxondaryo favqulodda vaziyatlar boshqarmasi hamda Davlat xavfsizlik xizmati chegara qo’shinlari hamkorligida “Dolzarb 30 kun” doirasida yong’in xavfsizligi bo’yicha o’quv-amaliy seminar tashkil etildi. 

Seminar davomida qo’riqxona hududlarida yong‘in xavfsizligini ta’minlash, muhofaza zonasida tamaki mahsulotlarini chekmaslik, uchqun chiqadigan xatti-harakatlar sodir etmaslik bo’yicha tushuntirish ishlari olib borildi. 

Shuningdek, hozirgi kunda sodir bo‘layotgan yong‘inlar va ularning ayanchli oqibatlari ta’kidlab o’tildi. 

Bundan tashqari, yuzaga keladigan yong'inni barataf etish yuzasidan yong’in-taktik o’quv mashg’uloti ham o’tkazildi. Mashg’ulotlarda qo’riqxonaning davlat inspektorlari ham ishtirok etishdi. 

Mashg'ulot davomida mutaxassislar tomonidan yong’in sodir bo’lganida qanday chora-tadbirlarni amalga oshirish, holatni qanday bartaraf etish yuzasidan  zarur tavsiyalar berildi.

Useful resources