Atrof-muhitni ifloslantirgan 21 kishi javobgarlikka tortildi. Jarima miqdori — 33 999 000 ming so‘m
01.
08. 2023
10:22
2673
News

Jizzax viloyati Ekologiya boshqarmasiga Zomin tumanidagi dam olish  chiqindilarni suvga tashlayotganligi to‘g‘risida murojaat kelib tushdi. 

Murojaat boshqarma ishchi guruhi tomonidan o'rganildi. O'rganish davomida dam olish maskanlaridagi suvlarni ifloslantirish, belgilanmagan joylarga chiqindi tashlash, suv to‘plagich inshootlarida suvni muhofaza qilish rejimini buzish, suv obyektlariga oqindi suvlarni oqizish kabi huquqbuzarliklar sodir etilgani aniqlandi. 

Yuqoridagi holatlar yuzasidan MJtKning 72-modda 1-qismi, 65-modda 4-qismi, 91/1-modda 1-qismi, 91-modda 1-qismi bilan 21 nafar shaxsga ma’muriy ish qo‘zg‘atilib, 33 999 000 ming so‘m miqdorida jarima solindi. 

Bundan tashqari, yo‘l qo‘yilgan holatlarni bartaraf etish yuzasidan tushuntirish ishlari olib borildi. Atrof-muhitga zarar keltiruvchi har qanday huquqbuzarlik qat'iy jazolanishi haqida ogohlantirildi.

Useful resources