Navoiyda qum-shag‘al qaziyotgan huquqbuzar 8 000 000 so'mdan ortiq jarima to'laydi
11.
08. 2023
11:48
2099
News

Navbahor tumani Ekologiya bo‘limi davlat inspektorlari tomonidan  «Yaltirobod» mahallasining cho‘l hududida  nazorat reyd tadbiri o‘tkazildi.

Reyd davomida Karmana tumanida yashovchi fuqaro S. Z. o‘z  boshqaruvida bo‘lgan "HOWO" yuk mashinasida noqonuniy ravishda qum-shag‘al foydali qazilmalarini qaziyotgan vaqtida to‘xtatildi.

Holat yuzasidan MJtKning 70-moddasi 1-qismi bilan maʼmuriy bayonnoma rasmiylashtirildi. S. Z. tabiatga 1 mln 465 ming so‘m zarar yetkazgani aniqlandi va unga qilmishi uchun 6 mln 600 ming so‘m miqdorida  jarima solindi. Huquqbuzar jami 8 065 000 so'm to'laydigan bo'ldi.

Useful resources