Chilonzorda kesilgan daraxtlar yuzasidan RASMIY MUNOSABAT!
25.
09. 2023
19:49
1722
News

Ijtimoiy tarmoqlarda Chilonzor tumani, Lutfiy ko'chasida daraxtlar yoppasiga kesilayotgani haqida xabarlar tarqaldi. 

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi holat yuzasidan quyidagilarni ma'lum qiladi:

Chilonzor tumani, Lutfiy ko‘chasida 28 tup shumtol va 1 tup zarang daraxti Toshkent Botanika bogʼi mutaxassisi hamda tuman Ekologiya boʼlimi masʼullarining 2023-yil 14-sentabrdagi xulosasiga asosan quriganligi sababli kesilgan. 

Shu o‘rinda alohida ta'kidlash joizki, mazkur daraxtlar 2021-yilda polietilen plyonka bilan yopib chiqilganligi sabab qurib qolgan (https://t.me/ecogovuz/24506) va holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. 

Joriy yilning may oyida yogʼingarchilik va shamol tufayli Lutfiy koʼchasidagi qurigan daraxtlardan biri qulab tushgan va yoʼl yopilib, aholiga va yoʼlovchilarga ancha noqulaylik keltirib chiqargan. Lutfiy mahallasi aholisidan esa qurigan va yoʼlovchilar hayoti uchun xavfli boʼlgan daraxtlarni kesib olib tashlash hamda oʼrniga boshqa oʼsimliklar ekish boʼyicha murojaatlar ham kelib tushgan. Shularni inobatga olgan holda daraxtlarning holati o‘rganilib, rostdan ham qurib qolganligi aniqlangan 29 ta daraxt kesilgan.

Daraxtlar kesilgan hududda 30 ta daraxt hamda 1020 ta buta ekilishi rejalashtirilgan.

Useful resources