Atmosfera havosi ifloslanishining oldini olish maqsadida qator ishlar amalga oshirilmoqda
03.
10. 2023
17:13
3972
News

Sanoat korxonalaridan atmosferaga tashlanmalarni kamaytirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi tomonidan maxsus dastur qabul qilingan. Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o'zgarishi vazirligi tomonidan dastur foirasida 2023-yilga belgilangan 145 ta sanoat korxonalarida 723 ta chang-gazlarni tutib qolish uskunalarini taʼmirlash va yangilariga almashtirish ishlari amalga oshirilmoqda. 

Jumladan, atrof-muhitga xavf darajasi yuqori va oʻrta boʻlgan yangi tashkil etilayotgan korxona va tashkilotlarga samaradorlik darajasi 99,5 foizdan kam boʻlmagan chang-gazlarni tutib qolish uskunalari oʻrnatilmoqda.

Bundan tashqari, atmosfera havosiga avtotransportlardan tashlanayotgan tashlamalar miqdorini kamaytirish maqsadida har yili ikki bosqichda “Toza havo” oyligi o’tkazilmoqda. Oylik doirasida nosoz, atmosferaga me’yoridan ortiq zararli tashlamalar chiqarayotgan texnika vositalari aniqlanib, kerakli choralar ko‘rilmoqda. 

Xususan, 2022-yilda mazkur oylik davomida 295 mingta transport vositasi tekshirilgan boʻlsa, joriy yilda 300 mingta transport vositasi nazoratdan oʻtkazildi.

Ekologiya vazirligi tomonidan atmosfera havosi ifloslanishining oldini olish maqsadida qator chora-tadbirlar rejalashtirilgan. Jumladan, 2023–2025-yillarda 450 ta yirik sanoat korxonalaridagi 2200 ga yaqin chang-gaz tozalash uskunalari samaradorligi oshirish, yangi ishga tushirilayotgan sanoat obyektlariga samaradorligi 99,5 foizdan kam boʻlmagan chang-gaz tozalash uskunalari oʻrnatish va boshqa kerakli choralar amalga oshiriladi.

Useful resources