Voqea joyidan qochishga uringan huquqbuzarlar 9 million 900 ming so‘mdan jarimaga tortildi
04.
12. 2023
14:27
1728
News

Samarqand viloyati Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi boshqarmasi davlat inspektorlari va Milliy gvardiya xodimlari hamkorligida qo‘shma  reyd tadbiri o‘tkazildi.

Kattaqo‘rg‘on va Ishtixon tumanlari kesishmasi hududidan oqib o‘tuvchi Qoradaryo daryosi o‘zanida o‘tkazilgan navbatdagi reyd davomida 3 nafar fuqaro qum-shag‘al aralashmasini noqonuniy qazib, yuk mashinalariga ortgani aniqlandi. Huquqbuzarlar voqea joyidan qochishga urinishdi, ammo javobgarlikdan qutula olishmadi. 

Holat yuzasidan qonun talablariga bo‘ysunmagan 3 nafar huquqbuzarga nisbatan MJtKning 70-moddasi prim1-qismiga binoan BXMning 30 barobari (noyabr holatiga ko‘ra) miqdoridan jarima qo‘llanildi. Har bir huquqbuzar 9 million 900 ming so‘mdan jarimaga tortildi.

Useful resources