Sa'va qushini noqonuniy ovlagan huquqbuzarga 3 million 400 ming so’m jarima belgilandi
07.
12. 2023
10:49
1689
News

Toshkent viloyati Ekologiya boshqarmasi Ohangaron tumani bo’limi davlat inspektorlari tomonidan navbatdagi nazorat tadbirlari o’tkazildi.

Tadbir davomida  fuqaro D.S. tomonidan hech qanday ruxsatnomasiz maxsus setka yordamida sa'va sayroqi qushlari ovlanayotganligi aniqlandi. Holat yuzasidan fuqaroga nisbatan MJtKning 90-moddasi, 1-qismiga asosan ma'muriy bayonnoma rasmiylashtirildi.

Shuningdek, huquqbuzar qilmishi uchun BHMning 10 barobari — 3 million 400 ming so‘m miqdorida jarimaga tortildi.

Useful resources