Hayvonlarni sovuqdan asraylik: “Surxon” davlat qo’riqxonasida biotexnik tadbirlar o’tkazilmoqda
14.
12. 2023
16:54
1244
News

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi tasarrufidagi "Surxon" davlat qo‘riqxonasida yovvoyi hayvonlarni qish sovug‘idan betalofat olib chiqish maqsadida qator chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. 

Qishning qahraton sovug‘i hayvonot olamiga ham jiddiy xavf soladi: baland tog‘larda va cho‘l hududlarida yashovchi yovvoyi hayvonlar uchun yemish topish qiyinlashadi. Ularni asrab qolish maqsadida “Surxon” davlat qo’riqxonasining "Xatak" bo‘limida, hayvonlar ko‘p uchraydigan hududlarda tuz va yem kabi mahsulotlar qo‘yib chiqildi. 

Ma'lumot uchun, o'simliklarda hayvonlar tomonidan iste'mol qilinadigan oz miqdorda tuz mavjud. Qishda o'simliklar va tuproqda yetarli miqdorda tuz bo‘lmaganligi sababli hayvonlar kerakli miqdordagi vitaminlarni  olmaydilar.

Bu kabi biotexnik tadbirlar qo’riqxonaning boshqa hududlarida ham amalga oshirilmoqda.

Unutmang! Yovvoyi hayvonlarga g‘amxo‘rlik qilish ekologik mas'uliyatimiz va burchimizdir!

Useful resources