Rasmiy munosabat!
04.
04. 2024
11:34
2299
News

Ijtimoiy tarmoqlarda Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi hududiy boshqarmalari xodimlariga fevral va mart oylari uchun yo‘l kira hamda ovqat pullari to‘lab berilmagani haqida xabar e’lon qilindi. 

Mazkur holat yuzasidan shuni maʼlum qilamizki, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 21-dekabrdagi “Yangi Oʻzbekiston maʼmuriy islohotlarini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 269-son farmoniga ko'ra vazirlik qayta tashkil etilib, 2022-yil 31-maydagi “Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi faoliyatini samarali tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” PQ–171-son qarori bilan vazirlik faoliyatining ustuvor yoʻnalishlari belgilab olindi.

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirining 2024-yil 29-yanvardagi 44-son buyrugʻi bilan O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligining hududiy boshqarma xodimlari va muhofaza etiladigan tabiiy hududlar (o‘rmon fondi yerlaridan tashqari) xodimlariga qo'shimcha moddiy rag‘batlantirish, ustamalar, mukofot va ish haqiga boshqa to‘lovlar, shuningdek, ko‘p yillik ishlaganlik uchun har oylik ustamani belgilash va to‘lash tartibi to‘g‘risida nizom yangi tahrirda tasdiqlandi.

Bugungi kunga qadar tasdiqlangan Nizom asosida hududiy boʻlinmalar xodimlariga qoʻshimcha moddiy ragʻbatlantirish, ustamalar, mukofot, oziq-ovqat va ish joyiga borish va qaytish xarajatlari uchun kompensatsiya toʻlovlar to‘lab kelinmoqda.

Shuningdek, joriy yilning fevral oyi uchun xodimlarni ustama, oziq-ovqat va ish joyiga borish va qaytish xarajatlari uchun kompensatsiya toʻlovlari hududiy ekologiya boshqarmalari va Muhofaza etiladigan tabiiy hududlar hamda milliy tabiat bog‘lariga joriy yilning 14-mart sanasida to‘liq moliyalashtirib berilgan. 

Vazirlikning hududiy boshqarma va muhofaza etiladigan tabiiy hududlar (o‘rmon fondi yerlaridan tashqari) tomonidan joriy yilning mart oyi uchun xodimlarga ustama, oziq-ovqat va ish joyiga borish va qaytish xarajatlari uchun kompensatsiya toʻlovlari uchun aniq hisob-kitoblarni har oy yakuni bilan keyingi oyning 5-sanasiga qadar Vazirlikka taqdim etilgach, to‘liq moliyalashtirib berililishi ma’lum qilinadi.

Useful resources