Samarqand viloyati Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi Samarqand shahar inspektorlari tomonidan navbatdagi reyd o‘tkazildi. Reyd asosida shahar hududida joylashgan «Chashma» kollektori chiqindixonaga aylangani aniqlandi. Chiqindilar uyumi bevosita kollektorga yaqin bo‘lgan aholi punkti fuqarolari tomonidan «barpo» etilgan.
Chiqindilar shahar hokimligi, ekologiya inspektsiyasi hamda viloyat «Toza hudud» DUK tomonidan bartaraf etildi. Ishchilar va maxsus texnikalar jalb qilingan holda yig‘ilib qolgan qariyb 5 tonna chiqindi hududdan olib chiqildi.
Davlat ekologiya qo‘mitasi
Axborot xizmati