Sirdaryo viloyati: «PENG-SHENG» MChJ qo‘shma korxonasi faoliyati vaqtincha to‘xtatildi
26.
03. 2020
14:48
7213
News

Sirdaryo viloyati Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi tomonidan Sirdaryo tumani «Haqiqat» SIU hududida joylashgan «PENG-SHENG» MChJ qo‘shma korxonasining faoliyati yuzasidan 2019 yil 14 noyabrdagi O‘zbekiston Respublikasi «Tabiatni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan oqilona foydalanishga oid qonun va normativ-huquqiy hujjatlar talablari ijrosi» yuzasidan tekshiruv o‘tkazilgan. Tekshiruv yakuni bo‘yicha aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish to‘g‘risida berilgan ko‘rsatmalar bajarilmagan.

O‘zbekiston Respublikasining «Suv va suvdan foydalanish to‘g‘risida», «Tabiatni muhofaza qilish to‘g‘risida», «Atmosfera havosini muhofaza qilish to‘g‘risida» Qonunlarining ijrosi ta’minlamaganligi sababli Iqtisodiy ishlar bo‘yicha Sirdaryo tumanlararo sudiga 2020 yil 12 fevralda «Huquqiy ta’sir choralarini qo‘llash to‘g‘risida»gi ariza bilan murojaat qilingan.

2020 yilg 25 mart kuni Iqtisodiy ishlar bo‘yicha Sirdaryo tumanlararo sudi tomonidan belgilangan tartibda sud ishi ko‘rib chiqilib, sudning qaroriga asosan, «PENG-SHENG» MChJ qo‘shma korxonasi O‘zbekiston Respublikasi «Tabiatni muhofaza qilish to‘g‘risida»gi Qonunining 11-moddasiga asosan oqova suv tozalash inshooti belgilangan me’yor darajasida ishlamaganligi sababli kamchiliklar bartaraf etilgunga qadar vaqtincha to‘xtatildi.

 

 

Davlat ekologiya qo‘mitasi
Axborot xizmati

 


Useful resources