Namangan viloyati: Kosonsoyda yoppasiga olti kishi jarimaga tortildi
01.
05. 2020
11:37
6118
Econadzor

Namangan viloyati Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi Kosonsoy tuman inspektsiya xodimlari tomonidan muntazam reydlar o‘tkazilib kelinmoqda. Reydlar davomida huquqbuzarlikni bartaraf etish ishlari izchillik bilan davom ettirilmoqda.

Jumladan, Kosonsoy tumani inspektorlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor reyd davomida «Soy bo‘yi», «Gurmiron», «Takarang», «Chorbog‘» mahalla fuqarolar yig‘inlarida bir qator qonunbuzilish holatlari aniqlandi. Unda 6 nafar fuqaro turli xildagi maishiy chiqindilarni belgilanmagan joyga tashlayotgan paytda to‘xtatib qolindi.

Huquqbuzarlarga nisbatan MJtKning 91-moddasi 1-qismi bilan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilib, jarima qo‘llanildi.

 

Aziz yurtdoshlar! Sanitar tozalash xizmati xodimlari mehnatining qadriga yetaylik! Zero, ular qat’iy karantin vaqtida tibbiyot, ichki ishlar va milliy gvardiya xodimlari bilan bir qatorda tunu kun mehnat qilmoqdalar!

 

 

Davlat ekologiya qo‘mitasi
Axborot xizmati

 


 

 

Useful resources