Zangiotada kezilgan daraxtlar yuzasidan axborot
04.
06. 2020
13:36
7784
News

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan daraxt kesilishi bilan bog‘liq video axborot yuzasidan Davlat ekologiya qo‘mitasi xodimlari o‘rganish o‘tkazdi.

O‘rganish davomida Toshkent viloyati ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi Zangiota tumani «Fayz» MFY hududida qurigan ikki tup chinor daraxtlarini kesishga hamda 60 tup chinor daraxtlarini sanitar butashga xulosa bergani aniqlandi. Faqat sanitar butashga xulosa berilganiga qaramasdan, fuqaro A.Y. tomonidan 7 tup chinor daraxtining tepa qismidan kesilganligi aniqlandi.

Ushbu holat O‘zbekiston Respublikasi «O‘simlik dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish to‘g‘risida»gi qonunining 37-moddasi talabi buzilganligi sababli O‘zbekiston Respublikasi «Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risida»gi kodeksining 79-moddasi 1-qismi bilan ma’muriy ish qo‘zg‘atildi.

Bundan tashqari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014 yil 20 oktyabrdagi 290-sonli qaroriga asosan 468 300 so‘m miqdorda tabiatga yetkazilgan zarar hisoblandi.
 

 

 

Davlat ekologiya qo‘mitasi
Axborot xizmati

 


 

Useful resources