Mikrogrant loyihalarini moliyalashtirish dasturiga arizalar qabuli boshlandi
16.
06. 2020
19:21
7348
Tender

BMT Taraqqiyot Dasturi / Global Ekologik Jamg‘armasi va O‘zbekiston Respublikasi o‘rtasidagi «Global ahamiyatga ega bo‘lgan bioxilmaxillikni muhofaza qilish maqsadida muhim tog‘li hududlarda o‘rmonlardan va tabiat resurslaridan barqaror foydalanish va boshqarish» hamkorlik loyihasi qor qoplonining Ugom-Chotqol va Xissor landshaftlarining* quyidagi xududlarda yashovchi va faoliyat ko‘rsatuvchi shaxslarni Mikrograntlar Dasturida ishtirok etishga taklif etadi:

1. Toshkent viloyati:

a) Bo‘stonliq tumani: Pskem, Chakak, Teke-yong‘oq, Ispay, Tepar qishloqlari;

b) Parkent tumani: Nevich, Sanganak, Qumushkon, Zarkent, Qiziltog‘ qishloqlari;

v) Ohangaron tumani: Chetsuv, Ko‘ksaroy va Ertosh qishloqlari.

2. Qashqadaryo viloyati:

a) Shahrisabz tumani: Xitoy, Sarchashma, Xisorak, Suvtushar, Kul, Sayyod, Ammogon, Gelan, Tamsush, Boskop, Xummon, Vardon, Olmaota, Chukur, Koratut, Kamar qishloqlari;

b) Yakkabog‘ tumani: Tatar, Zangmas, Vori qishloqlari;

v) Dehqonobod tumani - Polvonsoy, Do‘konxona qishloqlari

Qabul qilinadigan talabnomalar yuqori tog‘ tabiiy o‘rmon va yaylovlarga me’yoridan ko‘p foydalanishni kamaytirish maqsadida yaylovlarni tiklash, o‘rmonchilik va barqaror chorvachilikni rivojlantirish, hamda tabiatdan oqilona foydalanishga qaratilgan bo‘lishlari lozim.
 

Loyiha talabnomasini tayyorlash uchun www.eco.gov.uz saytida quyidagi hujjatlarni yuklab olish zarur:

Loyiha talabnomasi haqida qisqacha ma’lumot;

Moliyalashtirishni olish uchun talabnoma shakli;

Boshqa zaruriy hujjatlar ro‘yxati.

To‘ldirilgan ma’lumotlarni 2020 yil 1 iyundan 1 iyuldan biodiversity.uzmicrogrants@undp.org elektron manzilga yoki +99893 501 68 08 nomerli telegramm mesenjerga yuboriladi.

Talabnomani qabul qilish shartlari va talablari bilan O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish Davlat qo‘mitasining www.eco.gov.uz saytida tanishish yoki +99893 501 68 08 telefon raqamiga murojaat qilish orqali bilishingiz mukin.


*Qor qoplonining Ugom-Chotqol landshafti xududlariga Toshkent viloyati, Xissor landshaftiga Qashqadaryo va Surhondaryo viloyatlarining tog‘li hududlari qaraydi.

 

 

Davlat ekologiya qo‘mitasi
Matbuot xizmati

 


 

Useful resources