Samarqand tumani «Sho‘rboiy» mahallasi. Munosabat.
27.
06. 2020
17:33
5529
Econadzor

Yaqinda ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan Samarqand tumani «Sho‘rboiy» mahalla fuqarosi D.S. tomonidan mahalla hududidan oqib o‘tuvchi «ariqdan oqayotgan qon. Ammo bunga hech qaysi mutasaddi tashkilot jiddiy chora ko‘rmayapti» deya qilgan murojaati e’lon qilingan edi.

Mazkur holatga oydinlik kiritish maqsadida, Samarqand viloyat Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi va tuman inspektsiyasining nazorat inspektorlari tomonidan surishtiruv o‘rganish ishlari olib borildi.

Kuzatishlar davomida haqiqatda ham Samarqand tumani «Sho‘rboiy» mahallasida yashovchi fuqaro B.Q. o‘z xonadonida 10ta qoramol boqayotganligi, ammo mahallaga badbo‘y hid va ariqqa qon oqizish holati kabi muammolarni bartaraf etganligi aniqlandi. Ayni paytda tuman veterinariya xizmati tomonidan qo‘yilgan talablarga asosan, fuqaro B.Q. tomonidan tumandagi mavjud markaziy kushxonada mollarni so‘yish ishlari tashkil qilingan.

Yakka tartibdagi tadbirkor B.Q.ga chiqindilarni o‘z vaqtida olib chiqishi va omborxonada o‘z vaqtida dizenfektsiya ishlarini olib borishi lozimligi tushuntirildi. Shunimngdek, B.Q.ga kelgusidi artofga va tabiatga zarar yetkazishga moyil bo‘lgan ishlar tokrorlanadigan bo‘lsa, qonun talablari asosida chora ko‘rilishi haqida ogohlantirildi.

Eslatib o‘tamiz: ushbu ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan vidio lavha bundan bir necha oy oldin tasvirga olingan bo‘lib, ushbu holat tegishli tashkilotlar tomonidan o‘rganilgan va bartaraf etilgan.

 

 

Davlat ekologiya qo‘mitasi
Matbuot xizmati

 


 

Useful resources