Davlat ekologiya qo‘mitasi Bo‘stonliq tumanida reyd tadbirlarini o‘tkazmoqda
07.
07. 2020
13:05
5597
News

Bugungi kunda mavjud dolzarb muammoli masalalar, xususan biologik xilma-xillikni muhofaza qilish, brakonerlikka qarshi kurash, noqonuniy chiqindixonalarning yuzaga kelishi, noqonuniy qum-shag‘al qazish, sanoat hamda ishlab chiqarish korxonalari faoliyati, noqonuniy supalarning (tapchan) qurilishi va boshqa atrof muhitni muhofaza qilish qonunchilik talablarining buzilish holatlarini aniqlash va tegishli choralar ko‘rish maqsadida ishchi guruhlar tuzilib, 2020 yil 7 iyul kuni Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumaniga reyd tadbirlarini o‘tkazish uchun chiqdi.

Xususan reyd davomida Chorvoq suv ombori muhofaza mintaqasida noqonuniy o‘rnatilgan 8 ta supa, Chorvoq hududida «Sag‘bon» nomli ovqatlanish shaxobchasi atrofida, shuningdek, Yusufxona qishlog‘i hududidagi «Navro‘z» dam olish maskani atrofi suv muhofaza mintaqasida yuzaga kelgan noqonuniy chiqindixona aniqlanib, bartaraf etildi, huquqbuzar shaxslarga qonunda belgilangan tartibda choralar ko‘rildi.

Reyd davom etmoqda.
 

 

 

 

 

Davlat ekologiya qo‘mitasi
Matbuot xizmati

 


 

Useful resources