Navoiy viloyatidagi ekologiya xodimlar tomonidan ko‘p yillik daraxt turlari o‘rganildi
16.
07. 2020
15:24
6611
News

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 17 yanvardagi «Davlat o‘rmon fondiga kirmaydigan yerlarda daraxtlar va butalardan foydalanishni tartibga solish va ulardan foydalanish sohasida ruhsat berish tartibini yanada takomillashtirish to‘g‘risida»gi 43-sonli qarori talablarini bajarilishi yuzasidan Navoiy viloyati Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish boshqarmasining inspektorlari tomonidan ko‘p yillik daraxt turlari o‘rganildi. Navoiy viloyat xududidagi Qiziltepa tumani , Xatirchi tumani, Karmana tumani, Nurota tumani, Navbahor tumanlarida 10 tup 100 yoshdan oshgan chinor, 17 tup 300 yoshdan oshgan tut, 3 tup 110 yoshdan oshgan akatsiya va 2 tup 150 yoshdan oshgan archa ko‘p yillik daraxtlari davlat nazoratiga olindi.

Chinor daraxtlar ichida o‘zining uzoq yil yashashi, hattoki sho‘r tuproqda ham o‘sa oluvchi, shu bilan birgalikda, dorivor daraxtlar sarasiga kiradi.

Chinor ishqorli tuproqda yaxshi o‘sib, tutunga burkangan shahar sharoitida aynan bulg‘angan havoni tozalashga xizmat qiladi. Chinor uzoq yil yashashi bilan ko‘pgina boshqa daraxtlardan ajralib turadi. Yurtimizda ham yoshi mingdan oshgan chinorlar mavjud.

Chinor ekologik ofatlarga chidamli daraxt. Bugungi kunda dunyo bo‘ylab uning 10 ta turi mavjud. Daraxt ko‘chatlari mart oyining oxiri-aprel oyining boshlarida quyosh tushib turadigan, ochiq joylarga ekiladi. Ko‘chatlar tutib ketmaguniga qadar sug‘orilib turishi lozim. Faqat qattiq qurg‘oqchilikdagina ular sug‘orishga muhtojdir.

Chinorning davolovchi xususiyatlarini Ibn Sino o‘zining «Tib qonuni» asarida ham yozib qoldirgan. Zamonaviy tadqiqotlar chinor daraxti po‘stlog‘ida triterpenoidlar, sitosterinni, bargida fenolkarbon kislota, gidrolizlatilganda p-kumar, qahva, flavonoidlar, antotsianlar, tsianidin, delfinidinni topishgan. Mevasida sitosterin, yuqori alifatik uglevodorod p-geptriakontan, yuqori alifatik spirtlar mavjud. Bularning barchasidan farmotsevtikada samarali foydalaniladi. Tomirining qaynatmasi qon ketishni to‘xtatuvchi va ilon chaqqanda shifo hisoblanadi. Yosh po‘stloqlar qaynatmasi saratonni oldini oladi. Ular sirka qo‘shib qaynatilsa diareya, dizenteriya, gripp, tish og‘rig‘ini oldini olishga qodir. Barglarining dimlanmasi bilan ko‘z chayqalsa kon’yunktivlar shifo topadi,ichilsa saratonning oldini oladi.
 


Tut mevasi immun tizimni kuchaytirib, organizmni yuqumli kasalliklarga qarshi himoya tizimini mustahkamlaydi, teriga barvaqt ajin tushishidan saqlaydi, ko‘rish qobiliyatini oshirib, ko‘z to‘rpardasining zararlanishi kabi kasalliklardan asraydi.

Tut bargi va tanasining po‘stlog‘i ham turli biologik faol moddalarga boy. Bargi tarkibida flavonoidlar, vitaminlar, karotin, efir moyi, organik kislotalar, daraxt po‘stlog‘ida esa bo‘yoqli va oshlovchi moddalar, turli xildagi kislotalar mavjudligi aniqlangan.

Xalq tabobatida tut qadimdan turli kasalliklarni davolashda qo‘llanilib kelinadi.

Tut shirasi qonni tozalash, qonni ko‘paytirish maqsadida ham keng qo‘llangan. Bargining qaynatmasi esa angina va boshqa shamollash kasalliklarida isitmani tushiruvchi, chanqoqni qoldiruvchi vosita sifatida qo‘llanilgan. Tutni ovqatlanishdan oldin iste’mol qilish lozim, shunda oshqozonga uning zarari tegmaydi.

Navoiy viloyati
Davlat ekologiya boshqarmasi
Axborot xizmati

 

Davlat ekologiya qo‘mitasi
Matbuot xizmati

 


 

Useful resources