Surxondaryo viloyatining «Toza hudud» DUK «UzXCMG» MChJ bilan bir dona UzXCMG XH263J rusumli kampaktor texnikasini sotib olish haqida shartnomaga imzolangan edi. Shunga muvofiq, yaqinda mazkur texnika Surxondaryo «Toza Hudud» davlat unitar korxonasiga yetkazildi.
Ushbu texnikani Surxondaryo viloyati «Toza Hudud» davlat unitar korxonasi Denov tuman filialiga qarashli markaziy chiqindi poligoni uchun yetkazishda amaliy yordam ko‘rsatgani uchun O‘zbekiston Respublikasi ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi rahbariyatiga o‘z minnatdorchiligimizni bildirib qolamiz.
Surxondaryo viloyati «Toza Hudud» DUK
Matbuot xizmati
Davlat ekologiya qo‘mitasi
Matbuot xizmati