Bir tonna barg yoqilganda atmosferaga qancha zarar yetkazadi?
25.
08. 2020
12:39
5578
News

Atmosfera - yer kurrasini o‘rab turgan himoya qatlami bo‘lib, tirik organizmlarlarni turli ultrabinafsha nurlar va zararlardan saqlaydi. Tirikligimiz, toza havo olishimiz ham shu qatlam tufayli. Atmosfera – yer va boshqa fazoviy jismlarning gazsimon qobig‘i bo‘lib, yer yuzasida asosan azot (78,08 foiz), kislorod (20,95 foiz), argon (0,93 foiz), suv bug‘i (0,2-2,6 foiz), karbonat angidrid gazidan (0,03 foiz) iborat.

Atmosfera har xil mexanik gazlarning aralashmasidan iborat bo‘lgani uchun bir tonna barg xazoni yoqilganda 30 kilogramm uglevodorod oksidi atmosfera havosini zararlaydi. Bu sog‘lig‘imizga qanchalik katta zarar keltirayotganini afsuski, ko‘rmaymiz.

Qonunchilikka ko‘ra, atmosferani muhofaza qilish talablarini buzganlik uchun, somon, xazon va shox-shabbalar, o‘simlik qoldiqlarini yoqib atmosfera havosini zararli moddalar bilan ifloslantirgan fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining uch barobaridan besh barobarigacha, mansabdor shaxslarga, besh barobaridan o‘n barobarigacha jarima solinadi.

Viloyat ekologiya va atrof-muhitni
muhofaza qilish boshqarmasi axborot xizmati

Manba: http://zarnews.uz/mme

 

Davlat ekologiya qo‘mitasi
Matbuot xizmati

 


 

Useful resources