Bunday yo‘llar boshdan oxirigacha plastikdan yoxud ayrim kompozitlarining boshqa materiallar bilan aralashmasidan foydalangan holda amalga oshiriladi.
Bunday yo‘llar asosan, qayta ishlangan plastikdan: maishiy chiqindilar, bir martalik idishlar va boshqa materiallardan quriladi.
Plastik yo‘llarning ustuvor tomonlari shundaki, birinchidan tabiiy resurslarni iqtisod qilish imkonini beradi. Negaki asfaltbeton yo‘llar neftdan foydalanishni talab etadi.
Shu bilan birga, yo‘l qayta ishlangan plastikdan qurilgan, aks holda bu kabi chiqindilar poligonlarda, yoxud daryo, dengiz okeanlarida yotishi mumkin.
Mazkur plastikdan qurilgan yo‘llar ustida olib borilgan tajribalar shuni ko‘rsatdiki, ular iqlim ta’sirlari va haroratga nisbatan barqarordir. Bu kabi yo‘llarni quruvchi bir qator mamlakatlar bu yo‘llarni uzoq muddatda to‘xtovsiz ishlashi mumkinligini ta’kidlamoqdalar.
Hindiston plastik yo‘llarni ishlab chiqishda yetakchi davlatlardan biri hisoblanadi. Plastikdan yo‘llarni qurish texnologiyasini 2002 yilda Maduray shahrining janubidagi Tiagaradjara muhandislik kollejining ximiya fani bo‘yicha professori Radjagopalan Vasudevan ishlab chiqdi. Yo‘l qoplamasini oddiy chiqindidan tayyorlash texnologiyasiga patent oldi.
Vasudevan metodikasida maydalangan plastik chiqindini qizigan bitumga qo‘shiladi. So‘ng bu aralashmani toshlar ustiga quyiladi.
Manba: https://rubryka.com/ru/article/plastic-roads/
Davlat ekologiya qo‘mitasi
Matbuot xizmati